Yana bir hokimning fuqaroni haqoratlagani aks etgan video tarqaldi

Jamiyat

image
Ortiqxo‘jayev ekspertiza talab qilyapti. Ishga Norboyeva ham aralashdi (videofakt) north_east

Ortiqxo‘jayev ekspertiza talab qilyapti. Ishga Norboyeva ham aralashdi (videofakt)

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov daladan ruxsatsiz va o‘g‘rincha makkajo‘xori yoshi 60 atrofidagi erkakka dakki berish maqsadida uni haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Ushbu voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqalgan edi. Unda 60 yoshlar atrofidagi erkak nabiralari bilan daladan ruxsatsiz makkajo‘xori turib chiqib, avtomobining yukxonasiga joylab ketayotganda, tuman hokimi Ravshan Komilov kelib qoladi. 

“Nevaralaringizni ham o‘g‘irlikka o‘rgatyapsizmi? Nimaga o‘g‘rilaysan? Uyalmaysanmi, og‘ayni? Bechora bir tadbirkor ekibdi, buning eksportini qiladi. Tumanning eksporti shuni bo‘ynida yotibdi. Sen olib ketsang to‘rtta, u olib ketsa to‘rtta... Padaringga la’nat. Uyatsiz! Vijdoning chirisin seni. Ochko‘z. Ochingdan o‘l undan ko‘ra. Sotib ol, mehnat qil, padaringga la’nat seni. Nevaralaringga o‘g‘rilikni o‘rgatgandan ko‘ra, o‘zingni os ikki metrlik ip bilan”, deydi Ravshan Komilov. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qilarkan, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilayotganini ochiqlaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mirishkor tumani Ravshan Komilov

Baholaganlar

183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing