Koronavirusga chalinganlarning holidan xabar olish mumkinmi?
Jamiyat
−
11 aprel 2020
7114Bugun, 11 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda Otabekov fuqarolarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi. Xususan, virusga chalingan yaqinlarining holidan xabar olish masalasiga aniqlik kiritdi.
“Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar haqida ma’lumot olish mumkin. Buning hech qanday qiyinchiligi yo‘q. Mazkur kasaldlikga chalingan shaxslar davolanayotgan muassasaning telefon raqamini “Ma’lumotlar byurosi”dan olish mumkin. Aksariyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida mobil telefonlari bemorlarning o‘zlarida qolgan”, dedi Nurmat Otabek.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 694 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 42 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi