Yana 4-5 yil futbol o‘ynamoqchiman – Ronaldu

Sport

image

“Manchester Yunayted” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA’ning “The Best” maxsus mukofotini olganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Xalqaro miqyosda barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari ekanligimdan faxrlanaman. Menda hali ham o‘ynash va gol urish ishtiyoqi bor. Besh yoshimdan beri futbol o‘ynayman. Maydonga chiqqanimda, hatto mashg‘ulotlarda ham motivatsiyam o‘sha yerda bo‘ladi”, deydi Ronaldu.

Shuningdek, 36 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlash borasida o‘ylamayotganini ta’kidladi:

“Men yaqinda 37 yoshga to‘laman, lekin o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qattiq ishlashda davom etaman, chunki men futbolni yaxshi ko‘raman. Men bundan keyin ham davom ettirmoqchiman. Yana to‘rt-besh yil o‘ynamoqchiman. Agar tanangizga yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, u sizga kerak bo‘lgannarsalarni bera oladi”. 

Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli futbolchi terma jamoa safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangilagani uchun maxsus mukofot oldi. 2021 yilda Krishtianu Portugaliya terma jamoasidagi gollari sonini 115 taga yetkazdi va Eronlik sobiq hujumchi Ali Dayini (109) ortda qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu The Best FIFA Man Yunayted

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing