Yana 3 hududda 22 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqdi

Jamiyat

image
“O‘rikzor”ning yana bir sotuvchisi va Yunusoboddagi do‘kondorda koronavirus aniqlandi north_east

“O‘rikzor”ning yana bir sotuvchisi va Yunusoboddagi do‘kondorda koronavirus aniqlandi

Samarqand va Andijon viloyati hamda Toshkent shahrida jami 22 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari (50 va 47 yoshli ayollar) Toshkent viloyati, 1 nafari esa (28 yoshli erkak) Surxondaryo viloyatdan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafar esa Namangan viloyatidan.

Samarqand viloyatidan sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda.

Shuningdek, Andijon viloyatida tuzalgan bemor (22 yoshli ayol) Andijon shahridan bo‘lib, endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 175 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida jami sog‘ayganlar 1120 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2859 nafarga yetdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing