Yana 287 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
31 iyul 2020 12041 1 daqiqa
2020 yil 31 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 558 (+287) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 112 nafari Toshkent viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida, 17 nafari Qashqadaryo viloyatida, 15 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 13 680 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 741 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025