Yana 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 23 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 19 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2825 nafarni tashkil qilmoqda. Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Ayni paytda mamlakatning 9  xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 474 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2314 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing