Yana 139 nafar o‘zbekistonlik koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 9 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 139 nafarga oshib, 44 557 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarinin:

•    91 nafari Toshkent shahrida;

•    12 nafari Samarqand viloyatida;

•    11 nafari Andijon viloyatida;

•    9 nafari Namangan viloyatida;

•    6 nafari Farg‘ona viloyatida;

•    6 nafari Xorazm viloyatida;

•    4 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 41 898 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 297 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 402 nafari og‘ir, 226 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing