Yana hakamlarning qarori bilan o‘zbekistonlik bokschi mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
29 iyul 2021
5838-51 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida bahs olib borayotgan bokschi Tursunoy Rahimova hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi.
Turkiyalik Buse Naz Chaqiro‘g‘lu bilan kechgan murosasiz jangda o‘zbekistonlik bokschi qiz ustunlikka erishgan edi. Biroq hakamlarning qarori yakunda jahon reytingi yetakchisi hisoblangan Chaqiro‘g‘luning g‘alabasini e’tirof etdi — 3:2.
Shu tariqa, Tursunoy Rahimova jangda ustunlik qilib, hakamlarning g‘alati qarori bilan Olimpiadani tark etgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi ikkinchi bokschiga aylandi.
Avvalroq, Jahon va Osiyo chempioni Mirazizbek Mirzahalilov yaqqol ustunlikka erishib, musobaqani tark etgani haqida xabar bergan edik.