Yamayka favqulodda ofat hududi deb e’lon qilindi (video)
Olam
−
29 Oktabr 4088 1 daqiqa
Yamayka hukumati “Melisca” to‘foni sababli mamlakatni favqulodda ofat hududi deb e’lon qildi. Bu haqda kecha, 28 oktyabr kuni mamlakat Bosh vazir Endryu Holness o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
“Hukumatning eng muhim vazifasi Yamayka aholisi xavfsizligi va farovonligini ta’minlashdir. To‘fon Yamaykaga yaqinlashayotgan paytda biz mamlakatni ofat hududi deb e’lon qilib, oldindan zarur choralarni ko‘rdik”, deydi u.
Sanoat vaziri Obin Hill aholining oziq-ovqat, suv va boshqa zarur mahsulotlarni zaxiralab olayotgan bir paytda, narxlarning asossiz oshishining oldini olish va zarur tovarlarning yetkazib berilishini ta’minlash uchun maxsus farmoyish chiqargan.
“Melicsa” to‘foni dastlab eng yuqori – 5-toifaga yetgan, keyinchalik esa 4-toifaga tushgan. To‘fon Yamaykaning janubidagi Uestmorlend hududiga zarba bergan. Oqibatda bir necha santimetr yog‘ingarchilik kuzatilib, mamlakatning markaziy va janubiy tumanlari suv ostida qolgan.
CNN xabariga ko‘ra, to‘fon oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. Ularning 3 nafari Yamaykada, 3 nafari Gaitida, 1 nafari esa Dominikan Respublikasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaning markaziy va janubiy hududlarida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgandi.
Live
Barchasi