Yamayka Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Olam

image

Yamayka hukumati Falastin davlatini tan olishga qaror qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Yamayka hukumati Falastin davlatini tan olishga qaror qildi, uni tan olgan 140 ta BMT davlati safiga qo‘shildi”, deyiladi bayonotda. 

Bildirilishicha, Yamayka uzoq davom etayotgan mojaroni ikki davlat asosida hal etish tarafdori. Bayonotda qayd etilishicha, bu Isroil xavfsizligini kafolatlaydi hamda falastinliklarning qadr-qimmati va huquqlarini himoya qiladi. 

“Yamayka Falastin davlatini tan olish orqali mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdorligini mustahkamlaydi”, deydi mamlakat Tashqi ishlar vaziri Kamina Jonson Smit.

Tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, Yamayka “Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish” va “mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi”.

Hozirda Falastinni BMTga a’zo 193 ta davlatdan 140 tasi, jumladan, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida tan olgan, dunyoning 95 ta davlatida Falastin elchixonalari va doimiy vakolatxonalari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerika Qo‘shma Shtatlari BMT Xavfsizlik Kengashining Bosh Assambleyasiga Falastin davlatini xalqaro tashkilotga to‘liq a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya etuvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Yamayka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing