Yamanda toshqinlar 77 kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

Yamanda davomli kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida ikki haftada 77 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish boshqarmasi (G) hisobotida aytiladi.

Hisobotda qayd etilishicha, tabiiy ofatdan 28 iyuldan 10 avgustgacha jami 35 ming kishi jabr ko‘rgan, ularning aksariyati uylarini tark etgan.

Yamanning 16 viloyatidagi 85 tumanda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari sodir bo‘ldi.

BMT boshqarmasi Yamanda kuchli yomg‘ir 20 avgustgacha davom etishini taxmin qilmoqda.

Qayd etish kerakki, dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri Yamandagi gumanitar inqiroz qo‘rqinchli darajaga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing