Yamanda terakt sodir bo‘ldi
Olam
−
07 aprel 2023 5271 1 daqiqa
Yaman poytaxti Sano shahrida yo‘lovchi avtobusiga uyushtirilgan terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Eronparast shialarning “Ansorulloh” harakati vakili Abdulxolik al-Ajriy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ansorulloh” terror hujumi tayyorlanayotgani haqida xabarlarni eshitgach, DEASH terror tashkilotining ikki jangarisi ortidan josuslik qila boshlagan. Kuzatuvdagilardan biri al-Ajriy buni payqab, yo‘lovchi avtobusida qochib ketgan, shundan so‘ng u o‘zini portlatib yuborgan.
Qayd etishicha, portlash oqibatida ikki jangchi va ikki tinch fuqaro halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2014 yildan beri Yamanda qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda, unda bir tomondan “Ansorulloh” shia harakati isyonchilari va Yamanning ag‘darilgan prezidenti Ali Abdulloh Solih tarafdorlari, boshqa tomondan esa, amaldagi hukumatga va Prezident Abdurabbu Mansur Hodiyga sodiq qo‘shinlar ishtirok etmoqda. Mamlakat poytaxti Sano shahri va boshqa qator hududlar “Ansorulloh” tomonidan nazorat qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq International SOS kompaniyasi Yamanni 2023 yilda tashrif buyurish uchun eng xavfli mamlakatlar qatoriga kiritgan edi.
Live
Barchasi