Yaman husiylari Qizil dengizda neft tankeriga hujum qildi (video)

Olam

image

Yaman husiylari Qizil va O‘rtayer dengizidagi uchta kemaga ballistik raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va dron- qayiqlar bilan hujum qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Guruhning harbiy qanoti matbuot kotibi Yahyo Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar Isroilning G‘azo sektorining janubiy qismiga bergan zarbalariga javoban amalga oshirilgan. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, bu hujumda kamida 90 nafar tinch aholi halok bo‘lgan,300 jarohatlangan.

Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, nishonlar neft mahsulotlarini tashuvchi Bentley I tankeri va Qizil dengizdagi Chios Lion neft tankeri va O‘rtayer dengizidagi Olvia tankeri bo‘lgan.

Dastlabki ikki kemaga qilingan hujumlar Amerika rasmiylari tomonidan tasdiqlanib, hech qanday vayronagarchilik va qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining Dengiz savdosini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) Yamanning Xodeyda shahri yaqinida Qizil dengizda ikkita kemaga hujum qilingani, ulardan birining ekipaji kemaga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan.

Shu bilan birga, ikkala kema ham belgilangan portlarga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing