Yaltaning “Hatiko”si vafot etdi
Bu qiziq
−
19 avgust 2023
4741Yalta qirg‘og‘ida o‘z egasini 12 yil davomida kutgan va orolning ramzi sifatida tanilgan “qo‘shiqchi” it vafot etdi. Bu haqda “Kafanews”nashri xabar berdi.
Itning laqabi Muxtor bo‘lib, u o‘zining achinarli va ajoyib hikoyasi bilan mahalliy aholi va sayyohlar orasida ancha mashhur edi.
Kurort mehmonlari birinchi marta Muxtorni 2011 yil Qora Dengiz qirg‘oqlarida uchratgan. U uzoq soatlar davomida dengizga umid bilan qarardi. Itni ovqatlantirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. Ular itni uyiga olib ketishga harakat qilishdi, lekin u har kuni dengiz sohiliga qochib kelardi.
Biroq oradan ikki yil o‘tib, mashhur ko‘cha musiqachisi Viktor Malinovskiy karnayda kuy chalayotganda, it unga yaqinlashdi va to‘satdan qo‘shiq kuylay boshladi. So‘ng it shu odamning qo‘lidan ovqat olishga rozi bo‘ldi. Asta-sekin kuchuk mashhur bo‘lib ketdi. Sayyohlar Muxtor bilan bajonidil suratga va videoga tushdi, jurnalistlar va blogerlar u haqida yozdi.
Ma’lum bo‘lishicha, itning egasi vafot etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi bo‘lgan.
Yalta iti bir necha kun avval vafot etdi. Ammo u odamlar uchun sevgi va sadoqat timsoli bo‘lib qoldi.
LiveBarchasi