Yakkasaroydagi uyning buzilishiga hokimlik ruxsat berganmi?
Jamiyat
−
26 Oktabr 2023
7558Bugun, 26 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani hokimligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan Shota Rustaveli ko‘chasidagi 22-uyni buzishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Yakkasaroy tuman hokimligi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Tarqalgan xabarlarda "Okean" do‘konining o‘ng tomonida joylashgan uyning buzilishi va uning o‘rnida yangi bino qurish rejalashtirilayotgani aytilgan.
“Bu uy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilmagan, biroq ekspertlar hukumatdan Rustaveli ko‘chasi bo‘yidagi barcha binolar ansamblini, shu jumladan, ushbu uyni ham ro‘yxatlarga kiritishni bir necha bor talab qilgan”, deyiladi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda.
Ammo rasmiy bayonotda aytilishicha, Yakkasaroy tuman hokimligida ushbu vaziyat bo‘yicha biron asosli hujjat yo‘q.
Shuningdek, hokimlik bu manzilda hech qanday buzilish ishlari olib borilmayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, Toshkent viloyatida mavjud avariya holatidagi va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uylar buzilishi aytilgandi.
LiveBarchasi