Yakkasaroy tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Bekzod Shamshiyev Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani prokurori etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.

Tayinlovga qadar Bekzod Shamshiyev Yakkasaroy tumani prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.

U prokuror lavozimida ishlagan, yaqinda tuman hokimi etib tayinlangan Nilufar Allabergenova o‘rnini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan beri Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan Nilufar Allabergenova joriy yilning oktyabr oyida tuman hokimi bo‘lgandi. 

Shuningdek, shu paytgacha Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yakkasaroy Bekzod Shamshiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing