Yakkasaroydagi ko‘p qavatli binoga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
18:33 1934 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi qurilishi to‘liq bitmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 17:45 da Toshkent shahar FVBBga Yakkasaroy tumani, Boshliq 1-dahasida joylashgan qurilishi to‘liq tugallanmagan bino tutayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borib, yong‘in soat 18:00 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 iyul kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi