Hokimiyat tepasida ayollar. Toshkentda ilk bor tuman hokimligiga ayol kishi o‘tirdi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
19784Toshkent shahrining Yakkasaroy tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Allabergenova Nilufar Anvarovna Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Nilufar Allabergenova 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Allabergenova shu paytgacha qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq shu paytgacha Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi