Yakkabog‘da fermer ishchisi ayollarni yoqib yuborishga urindi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida fermer ishchisi ayollarning ustiga yonilg‘i sepib yoqib yuborishga uringani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda bir qancha ayollar qo‘lida idish ko‘targan erkakka qarshilik ko‘rsatayotgani tasvirlangan. 

“Ur, qara olov qo‘yyapti”, deydi videodagi fuqarolardan biri.

Videodan ko‘rinishicha, qo‘lida idish ko‘targan erkak idishdagi suyuqlikni unga qarshilik ko‘rsatgan ayollar ustiga sepadi. Ayollar ham uni tayoq bilan urishga harakat qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning chekka qishlog‘idagi 7 gektar bog‘ o‘rniga intensiv bog‘ yaratmoqchi bo‘lgan fermer hosil berib turgan olma daraxtlarini kesib tashlamoqda. 7 gektar bog‘ning 5 gektaridagi 1500 ta mevali daraxt kesib tashlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Yakkabog‘ tumanida tadbirkor do‘konini buzishga uringani uchun tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

fermer Yakkabog'

Baholaganlar

426

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing