Surxondaryoda fermer 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
08:30 768 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 7,7 gektar yer maydonini 800 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 7,7 gektar yer maydonini 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilib, muqaddam 520 mln so‘m olgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 280 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i 2 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi