Yaxshi o‘qimagan talabaning granti olib qo‘yilib, bilimli talabalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan, ammo kelgusida yaxshi o‘qimagan talabadan davlat granti olib qo‘yilib, bilimli talabalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

"Talaba olgan grant 4 yil ham davom etishi mumkin. Bir yildan keyin olib qo‘yiladi, degani emas. Yaxshi o‘qib, o‘qishini davom ettirishi kerak. Shunda granti davom etaveradi. Lekin, o‘qimay qo‘ysa uning granti olib qo‘yilib, boshqalarning o‘rtasida, yaxshi o‘qiydigan talabalarning o‘rtasida taqsimlanadi", deydi vazir Sharipov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Qo'ng'irotboy Sharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing