Yaqinlarimning o‘limi HAMAS pozitsiyasini o‘zgartirmaydi – Ismoil Xoniya
Olam
−
26 iyun 2024 6167 1 daqiqa
HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniya singlisi va oilasidan 11 kishining G‘azo shahrida shahid bo‘lgani uning pozitsiyasiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 25 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Agar dushman mening oilamni nishonga olib, bizning pozitsiyamiz o‘zgaradi deb o‘ylasa, u adashayotgan bo‘ladi”, deydi Xoniya.
HAMAS siyosiy idorasi rahbariga ko‘ra, G‘azo va Falastindagi har bir qurbon uning oilasining bir qismidir. O‘lganlarning qoni ularni o‘z yo‘lida davom etishga, murosaga kelmaslikka, zaiflashmaslikka va umidsizlikka tushmaslikka undaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo sektori g‘arbida joylashgan Ash-Shati qochqinlar lageriga berilgan aviazarbalarda 10 kishi, jumladan, Ismoil Xoniyaning singlisi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi