Yaqinda saylangan Meksika Prezidenti korteji avariyaga uchradi. Qurbon bor
Olam
−
15 iyun
7166Kecha, 14 iyun kuni Meksika Prezidenti korteji halokatga uchradi va buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Reuters” nashri Meksika Prezidenti ma’muriyatiga asoslanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, halokat Koauila shtati shimolidagi Monklova hududida sodir bo‘lgan. Prezident korteji halokatga uchragan joyga zudlik bilan tez yordam hamda qutqaruv guruhlari yetib kelgan.
“Biz Prezident kortejidagi avtomobilda bir kishi halok bo‘lganidan chuqur afsusdamiz”, deydi qisqa bayonot e’lon qilgan Meksika Prezidenti idorasi.
Bildirilishicha, Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum shikastlanmagan. Halokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.
Prezident ma’muriyati ham, tegishli idoralar ham halokat nimadan kelib chiqqani haqida ma’lumot bermagan. Prezident xavfsizlik xizmati davlat rahbariga ehtimoliy suiqasd yuzasidan xodimlarni tekshirishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Meksika saylov rahbariyatining 8 iyun kuni e’lon qilgan natijalariga muvofiq Klaudiya Sheynbaum prezidentlikka tayinlangan edi. Ayol kishining rahbarlikka tayinlanishi Meksika uchun juda katta yangilik hisoblangan. Chunki mamlakat dunyoda eng so‘nggilaridan bo‘lib, 1953 yilda ayollarga saylov huquqini bergan. Viloyat rahbariyatlariga ham ayollardan nomzod tayinlanishi umuman kuzatilmagan.
LiveBarchasi