Qozog‘istondagi dahshatli YTHda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 22 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 06:47 da Qozog‘iston Respublikasi, Qizilorda viloyati, KAZ06 davlat ahamiyatidagi “Qorabutak-Qizilorda-Chimkent” avtomobil yo‘lining 1831-1836 kilometrida Birkazan tumanida harakatlangan Nexia-2 avtomobili va “Kamaz” rusumli yuk avtomobillari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 avtomobili salonida bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni olib kelish va ularning oila a’zolariga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Bildirilishicha, hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimlari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing