Roğun GESi qurilişida avariya yuz berdi

Olam

−

image

Joriy yilning 21 oktyabr kuni Tojikistondagi Roğun GES qurilişi vaqtida inşootning suv yiğiş rezervuarlaridan biri yorilib ketdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 21 oktyabr kuni soat 16:15 larda gidroelektr stansiyasining törtinçi yarusidagi quriliş tunnelining “B” seksiyasida, sementlaş işlari olib borilayotgan vaqtda sodir bölgan. Rezervuar yorilişi oqibatida texnik suv tunnelda bölgan işçilar ustiga yopirilgan.

“Hodisa tunnelning çiqiş qismida, №32 va 33 bermalar hududida yuz bergan. Öşa paytda u yerda pudratçi “Sino Hydro” kompaniyasi xodimlari bölib, işlab çiqariş topşiriqlarini bajarişayotgan edi. Texnik suvning otilib çiqişi oqibatida ular uşbu oqim ostida qolgan”, deya tuşuntiriş bergan idora.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, tunnelning uşbu qismida suv yiğiş uçun möljallangan ikkita rezervuar joylaşgan. Yuqoridagi rezervuar yorilgandan söng pastki suv çiqariş rezervuariga ham şikast yetgan. Oqibatda ikkala rezervuardagi suv bir vaqtning özida tunnelning pastki qismiga – işçilar bölgan tomonga oqib tuşgan.

Bildirilişiça, hodisa oqibatida gidroelektr stansiyasi xodimlaridan heç kim jismoniy jarohat olmagan. Ularga birinçi tibbiy yordam körsatilgan, şundan söng ular öz işlariga qaytgan.

Davlat nazorati xizmati sodir bölgan hodisa sabablarini aniqlaş va bu kabi holatlarning oldini oliş uçun işçi guruh tuzilganini ma’lum qilgan. Mutaxassislar suv yiğiş rezervuarlarining texnik holatini, ankerli mahkamlagiçlarning mustahkamligini hamda işlab çiqariş ob’ektlarida xavfsizlik talablariga rioya etilişini örganmoqda.

Ma’lumotlarga köra, joriy yilning dastlabki olti oyida Tojikistonning sanoat va konçilik korxonalarida 32 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Buning oqibatida 23 kişi halok bölgan, yana 19 kişi jarohat olgan. Halok bölganlar orasida Roğun GES qurilişida işlab kelgan ikki nafar Xitoy va bir nafar Eron fuqarosi ham bor.

Idora ma’lumotlariga köra, ötgan yili Roğun GESda sakkizta baxtsiz hodisa röyxatga olingan. Bunda uşbu hodisalarda halok bölganlar va jarohatlanganlar soni haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmagan.

Roğun GES Vaxş daryosida, Duşanbedan qariyb 110 kilometr uzoqlikda qurilmoqda. Quriliş yakunlangaç, uning örnatilgan quvvati 3780 MVt ni taşkil etişi kerak. Stansiyada har birining quvvati 630 MVt dan bölgan oltita turbina örnatilişi rejalaştirilgan bölib, prognoz qilinayotgan yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi qariyb 14,4 milliard kVt soatni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikiston Moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda Roğun GESi kabi yirik loyihani xalqaro banklar, xorijiy davlatlar va jamğarmalarning moliyaviy qöllab-quvvatlaşisiz amalga oşirişning imkoni yöqligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing