Eron-Isroil urushi O‘zbekistonga qaytayotgan hojilarga ham ta’sir qildi

Jamiyat

image

Isroil va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat sababli ushbu davlatlarning havo hududi yopilishi oqibatida Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytayotgan hojilarning parvoz vaqtlari uzaydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

QALAMPIR.UZ vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida parvozlarni amalga oshirayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan bog‘landi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan reyslar belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.

12 may kuni Uzbekistan Airways’ning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilingan ma’lumotida, “Haj-2025” dasturi doirasida ziyoratchilarning jo‘nab ketishi Madina shahri orqali, qaytishi esa Jidda shahri orqali amalga oshirilishi belgilangan.

“Uzbekistan Airways mazkur parvozlar uchun jiddiy tayyorgarlik ishlarini olib bordi. Jumladan, mavjud sharoitdan kelib chiqib, parvoz marshrutlari qayta shakllantirildi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun aylanma yo‘llar orqali tashkil etildi. Shu sababli, parvoz vaqti biroz uzayadi”, deydi aviakompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan bir nechta reyslar bekor qilingandi. Bular “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay – Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari, “Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja – Toshkent – Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent – Madina –Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari edi.  

Isroilning Tel-Aviv shahridagi Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan esa ertaga, 15 iyun kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 9S 501/502 Samarqand-Tel-Aviv reysi bekor qilindi


Maqola muallifi

Teglar

Eron Haj Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing