Samarqanddan Isroilga parvoz bekor qilindi

Jamiyat

image

Isroilning Tel-Aviv shahridagi Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan joriy yilning 15 iyun kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 9S 501/502 Samarqand-Tel-Aviv reysi bekor qilindi. Bu haqda “Air Samarkand” aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya Isroilga uchadigan boshqa sanalardagi reyslar haqida qo‘shimcha ravishda xabar berilishini qayd etgan. Reysi bekor qilingan barcha yo‘lovchilar oldindan e-mail orqali, shuningdek chiptalarni xarid qilgan joylarda – kassalar va sayyohlik agentliklarida xabardor qilinadi.

Qayd etilishicha, Samarqand – Tel-Aviv reysiga chipta olganlar pulni to‘liq qaytarib olishi yoki parvozni boshqa sanaga ko‘chirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan Toshkentdan uchishi kerak bo‘lgan bir nechta reyslar bekor qilingandi. Bular “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari, “Air Arabia” aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9-270/271 reyslari hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Isroil-Eron avireys Samarqand-Tel'-Aviv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing