Yaqin Sharqdagi muammolar Eron pullari bilan bog‘liq – Tramp

Olam

image

Yaqin Sharqdagi hozirgi muammolar Eronda pul borligi bilan bog‘liq. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Yaqin Sharqda hozir tinchlantirish kerak bo‘lgan ko‘p narsa sodir bo‘lmoqda. Keyin 7 oktyabr bo‘ldi va bularning barchasi Eron, siz bilganingizdek, avval hech kimga pul bermaganligi sababli sodir bo‘ldi, chunki puli yo‘q edi. Endi uning juda ko‘p puli bor. Ko‘ramiz, keyin nima bo‘lishini”, dedi Tramp Vashingtonga borayotgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo‘lajak muzokaralar mavzulariga oydinlik kiritish so‘roviga javoban.

Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabr voqealarigacha Yaqin Sharqda bunday muammolar bo‘lmagan va Vashington “Eron bilan hech qanday muammoga duch kelmagan”.

Amerika yetakchisi, shuningdek, savdo-sotiq Isroil Bosh vaziri bilan muzokaralar mavzularidan biri bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning Netanyaxu bilan AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan keyingi ilk uchrashuvi fevral oyida bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing