Yaqin Sharqda zo‘ravonlik qurbonlari soni keskin oshdi – BMT

Olam

image

Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinator Tor Vennesland Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashidagi brifingda bosib olingan Falastin hududida zo‘ravonlik va keskinlikning davom etayotganidan jiddiy xavotir bildirmoqda. Bu haqda BMT Matbuot xizmati tarqatgan bayonotda so‘z borgan. 

“Vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ba’zi sa’y-harakatlarga qaramay, aholi punktlarini kengaytirish va buzish, shuningdek, A hududidagi Isroil operatsiyalari va ko‘chmanchilar zo‘ravonligi davom etdi”, deydi Vennesland.  

Uning qayd etishicha, bunday harakatlar beqarorlik va ekstremizm muhitini yaratishga yordam beradi. 

Vennesland 25 iyuldan 15 avgustgacha qurbonlar sonining keskin ortganiga e’tibor qaratdi: G‘arbiy Sohilda Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan 16 falastinlik halok bo‘ldi, 59 nafari yaralandi. 

Bundan tashqari, Falastin boshlang‘ich maktabi, C hududi va Sharqiy Quddusdagi ko‘plab Falastin binolari vayron qilingan. U barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikni qoraladi. 

Isroil Oliy sudi G‘arbiy Sohildagi forpostni yo‘q qilish taklifini rad etdi va Sharqiy Quddus aholi punktlarida minglab yangi uy-joylar qurildi. Venneslend barcha aholi punktlari xalqaro huquqqa muvofiq noqonuniy ekanligini va tinchlikka erishishga to‘sqinlik qilishini bildirgan.  

U Falastin ma’muriyatining tang moliyaviy ahvoli, shuningdek, mablag‘ yetishmasligi BMTning gumanitar yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini cheklashini aytdi. Shu munosabat bilan u xalqaro hamjamiyatni BMT agentliklarini moliyalashtirishni oshirishga chaqirdi. 

Bundan tashqari, maxsus koordinator Golan tepaliklarida Isroil va Suriya o‘rtasidagi keskin munosabatlar, shuningdek, Livandagi Ayn al-Hilve falastinlik qochqinlar lageridagi to‘qnashuvlarni qayd etgan. Maxsus koordinator vazminlikka va siyosiy yetakchilarni BMT mexanizmlari doirasida konstruktiv ishtirok etishga chaqirmoqda. 

Vennesland zo‘ravonliklarni zudlik bilan yumshatish zarurligini ta’kidlagan. Uning urg‘ulashicha, BMT xalqaro huquq va avvalgi kelishuvlarga muvofiq ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlash va ishg‘olni tugatish tarafdori.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Yaqin Sharq Isroil Falastan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing