Yaqin kunlarda yana zilzila bo‘ladimi? FVV ma’lumot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. 

“O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli ba’zida yer silkinishlari sodir bo‘ladi. Har doim shunday bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan vazirlik aholini bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Mazkur zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilib, 5-6 ballni tashkil qilgan. 

Shuningdek, O‘zbekistonda bugun, 23 mart kuni soat 1:07 da zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgan. Yer silkinishi 5 ballga teng bo‘lib, uning epimarkazi Toshkent shahridan 217 km janubi-sharqda bo‘lgan. Bundan tashqari, tongi soat 07:53 da ham respublika hududida 2-3 balli zilzila qayd etildi.

 

 

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing