Yaqin kunlarda ish haqi, pensiya, va stipendiya miqdori oshadi
Jamiyat
−
25 iyul 2019
17790O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 223 000 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 436 150 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 436 150 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m etib belgilanadi.
Shuningdek, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar — pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi.