Yaqin 15 yil ichida dunyo yanada tez o‘zgaradi – Merkel

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkelning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi uning butun hukmronligi davrida Germaniyaning eng jiddiy muammosiga aylangan. 

"Hozirda biz sog‘ligimiz va hayotimizga tahdid soladigan, hayot tarzimizni o‘zgartiradigan eng katta muammo — pandemiya bilan kurashmoqdamiz", degan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Hukumat rahbari sifatida dunyodagi jiddiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqda. 

"Yaqin 15 yil ichida dunyo yanada tezroq o‘zgaradi", degan Merkel.

Avvalroq, Merkel koronavirus pandemiyasining qiyin kunlari hali oldinda, deb bashorat qilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar 2,02 mlndan oshgan. Mamlakatda 1,66 mln kishi koronavirusni yenggan. 45 ming 705 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Angela Merkel'

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing