Yagona Yevropa xavf ostida. Makron xavotirda
Olam
−
27 mart 2020
11064Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron koronavirus Yevropa Ittifoqiga tahdid solayotganini ma’lum qildi.
Fransiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari joriy qilayotgan cheklov choralari Shengen kelshuvining asosiy prinsiplariga putur yetkazadi, xususan, yevropaliklarnng erkin harakatlanishiga.
Prezident Shengen bitimi “o‘lishi” mumkinligini qayd etdi. Hozir butun Yevropaning yashab qolishi hal bo‘lyapti, deya ta’kidladi Makron. Yelisey saroyining amaldagi xo‘jayini Yevropani birdamlik va hamjihatlikka chaqirdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasi bugungi kunda Yevropa davlatlarini chegaralarini yopishga majbur qildi. "Shengen" hududi esa Ittifoqqa a’zo davlatlarni yagona chegaraga ega zonaga aylantiradi. Virus sabab har bir davlat o‘z chegarasi va aholisi haqida qayg‘ura boshlagani sababli, Shengen bitimi amalda ishlamay qoldi.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Kasallik dunyo bo‘yicha 532 257 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 24 089 nafari vafot etgan, 124 332 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 383 836 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 95 foizi qoniqarli ahvolda, 19 635 nafarining ahvoli og‘ir.