AQSH koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi
Olam
−
27 mart 2020
14999Worldometr statistika veb-saytining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan so‘ng Xitoy va Italiya turibdi.
Kecha, 26 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirus bilan bog‘liq 13 685 ta holat qayd etilgan. Ushbu kunda 147 bemor vafot etgan. Kasallanganlarning umumiy soni hozirda 85 594 kishini tashkil etadi, ulardan 1 300 nafar bemor vafot etgan, 1864 nafari esa shifo topgan.
Ta’kidlash joizki, Baltimor shahridagi Jons Xopkins universiteti veb-sayti, hozirgi paytda AQSHda ushbu kasallikka chalinganlar soni 80 821 nafarni tashkil etayoganini ko‘rsatib, umumiy reytingda ushbu davlatni uchinchi o‘rinda ekanligini ma’lum qilmoqda. Ushbu statistikaga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi vaqtida AQSHdagi ishsizlar soni keskin ortib, 3.3 millon kishini tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, AQSH Senati koronavirus tarqalishining oqibatlarini yengishga qaratilgan qaror loyihasini ma’qulladi. Qarorga ko‘ra, iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun 2 trillion dollar ajratiladi. Bu Amerika tarixidagi eng katta hukumat yordami hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 198 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 532 257 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 24 089 nafari vafot etgan, 124 332 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 383 836 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 95 foizi qoniqarli ahvolda, 19 635 nafarining ahvoli og‘ir.
LiveBarchasi