Putin: “Biz avvalroq g‘alaba qozonishimiz mumkin”

Olam

image
Putin mamlakatga soya solayotgan ikkita xavfni ma’lum qildi north_east

Putin mamlakatga soya solayotgan ikkita xavfni ma’lum qildi

Rossiya koronavirusni rejalashtirilganidek uch oyda emas, balki undan oldin ham yengishi mumkin. Bu haqda bugun, 26 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

"Aytishlaricha, biz ikki yoki uch oydan so‘ng koronavirus pandemiyasini yengib o‘tamiz. Bu juda yaxshi prognoz", deydi Prezident. 

Putinning ta’kidlashicha, ba’zi mamlakatlarda koronavirus bilan juda uzoq kurash bo‘lishi kutilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya taxmin qilingan muddatdan ham oldinroq bu kurashda g‘alaba qozona oladi.

Kecha, 25 mart kuni davlat rahbari rossiyaliklarga murojaat qilib, koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, u aholi va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday choralar ko‘rilishi zarurligi haqida gapirdi. Xususan, Putin kichik va o‘rta biznes uchun soliq to‘lovlarini kechiktirishni taklif qildi.

Shuningdek, kasallikning mamlakat miqyosida tarqalishiga qarshi kurashish uchun masofaviy ishlash tizimi tavsiya etildi. 2020 yil 30 martdan 5 aprelgacha bo‘lgan muddatda aksariyat tashkilotlar uchun ish kuni emas, deb e’lon qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 840 ta koronavirus bilan bog‘liq holat tasdiqlangan. Kasallanganlarning 3 nafari vafot etgan, 38 nafari kasallikdan tuzalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Koronavirus

Baholaganlar

612

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing