Putin mamlakatga soya solayotgan ikkita xavfni ma’lum qildi

Olam

image
Koronavirus xavfi: Putin millatga murojaat qildi north_east

Koronavirus xavfi: Putin millatga murojaat qildi

Bugun, 26 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari ushbu uchrashuvda mamlakatga xavf solayotgan ikkita asosiy muammo haqida gapirdi.

Uning fikricha, neft narxining tushib ketishi va koronavirus pandemiyasi asosiy muammolardan biri bo‘lib turibdi.

“Men vaziyatga baho bermayman. Barchangiz savodli odamlarsiz, internet va ommaviy axborot vositalarini kuzatib borayapsizlar. Mamlakatimizda va chet elda nimalar bo‘layotganini ko‘rayapsizlar. Bizda ikkita muammo bor: neft bozori va koronavirus”, dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga aniq o‘zgaradi. Buning uchun vaqt talab etiladi.

Avvalroq, Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posyolkasida qurilayotgan yuqumli kasalliklar maxsus shifoxonasiga borgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 844 nafar odam chalindi. 39 bemor shifo topgan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin

Baholaganlar

789

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing