Rossiya özining 3 ta vertolyotini urib tuşirgan bölişi mumkin

Olam

−

image

Boltiq dengizidagi Rossiyaning eng yirik porti – Ust-Lugaga uyuştirilgan tonggi hujum davomida rossiyalik harbiylar Rossiya Qurolli kuçlarining uçta vertolyotini urib tuşirgan bölişi mumkin. Bu haqda “Voyenniy osvedomitel” Z-kanali xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Ka-52 “Alligator” razvedka-zarba vertolyoti ekipaji bilan birga, şuningdek, köp maqsadli Mi-8 vertolyoti urib tuşirilgan. Keyinroq muallif uçta uçiş apparati yöqotilgani haqida ma’lumotlar borligini qöşimça qilgan. 

“Sabablari haqida ma’lumot yöq – yo töqnaşuv, yoki öz kuçlari tomonidan öt oçilişi. Agar ikkinçisi bölsa, aviatsiya va havo hujumidan mudofaa (HHM) kuçlari örtasidagi özaro hamkorlik hamon juda past darajada qolmoqda”, deb yozdi “Voyenniy osvedomitel”.

Uçta vertolyot urib tuşirilgani haqida “Voyevoda veayet” Z-kanali ham xabar bermoqda. 

“Bugungi tun Havo-kosmik kuçlarga ulkan jarohat yetkazdi. 3 ta tajribali ekipaj, yetti nafar jasur jangçi Samoviy garnizonga yöl oldi”, deya bayonot bergan.

“Ya i moy drug vertolet” kanali halok bölgan uçuvçilar haqida şe’rlar hamda Mi-8 va Ka-52 vertolyotlarining oq-qora suratini e’lon qilgan. 

“Yana bir Rossiyaning Mi-8 vertolyoti oktyabr oyi boşida Rossiya HHM vositalari tomonidan urib tuşirilgan edi”, deb yozgan “Fighterbomber” va “Helicopterpilot” Z-kanallari. 

Öşanda “Izvestiya” manbasi ham Voronej viloyatida Mi-8 yöqotilgani va uç nafar ekipaj a’zosi halok bölgani haqida xabar bergan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ armiyasining Fort-Xud bazasiga biriktirilgan “Apaçi” harbiy vertolyoti Texas ştatida halokatga uçraşi oqibatida 2 nafar askar halok bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing