Özbekiston Rossiya bilan öyinda ğalabani qöldan boy berdi

Sport

−

image

Bugun, 12 noyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda Rossiyaga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşdi. Unda Fabio Kannavaro şogirdlari 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.

Gollarga boy keçgan uçraşuvda hisob 4-daqiqada Viktor Melyoxinning avtogoli evaziga oçildi. 46-daqiqada Behruz Karimov Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan söng Özbekiston terma jamoasining ustunligini ikkita golga yetkazdi. Biroq 70-daqiqada Nikolay Komliçenko hisobni qisqartirdi. U oradan beş daqiqa ötib, yana bir bor gol urib, muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa Aleksey Mirançuk Rossiya terma jamoasiga ğalaba keltirgan golni kiritdi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi joriy FIFA kunlari doirasida Rossiyadan söng Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarşi ham xalqaro örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Mazkur bahs joriy yilning 17 noyabr kuni Doha şahrida ötkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing