Koronavirus xavfi: Putin millatga murojaat qildi
Olam
−
25 mart 2020
16070Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalishi sababli millatga murojaat bilan chiqdi va kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e’lon qildi.
“Hozirda kasallikning tezlik bilan tarqalishi xavfining oldini olish o‘ta muhim. Shu sababdan kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e’lon qilaman. Aniqrog‘i dam olish kunlari 28 mart shanba kunidan 5 aprel yakshanba kunigacha davom etadi”, dedi Putin.
Prezident o‘zi belgilagan ta’til muddati qanday rasmiylashtirilishi haqida hech nima demadi.
U shu bilan birga, hayot uchun muhim bo‘lgan tuzilmalar – banklar, do‘konlar, tibbiyot muassasalari, dorixonalar, transport va davlat hokimiyati organlari o‘z ishini davom ettirishini ta’kidladi.
Putin rossiyaliklarni dam olish haftasida “tartibli va mas’uliyatli bo‘lish”ga va uyda qolishga chaqirdi. U ta’til kasallik tarqalishi sur’atini pasaytirish uchun berilayotganini alohida qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 25 mart kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 163 ta holat aniqlandi, ulardan 120 tasi Moskvada qayd etildi. Ayni paytda Rossiyaning 85 ta regionidan 55 tasida COVID-19 bilan kasallanganlar aniqlangan. Mamlakatda jami 658 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning biri o‘lgan 29 nafari davolangan.
LiveBarchasi