Putin koronavirusni davolashga qaratilgan yangi shifoxona bilan tanishdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posyolkasida qurilayotgan yuqumli kasalliklar maxsus shifoxonasiga bordi. 

Bundan oldin Vladimir Putin Novo-Ogaryovodagi qarorgohida koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Moskva meri Sergey Sobyanin, Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ishtirok etgan. 

В ходе посещения больницы в московском посёлке Kommunarka, предназначенной для пациентов с подозрением на koronavirus .

Putin yig‘ilishda bugunni kunda koronavirusga qarshi ko‘rilayotgan choralar haqidagi hisobotlarni tinglagan va shundan so‘ng yangi qurilayotgan shifoxonani borib ko‘rishga qaror qilgan.

В ходе осмотра больницы в московском посёлке Kommunarka, предназначенной для пациентов с подозрением на koronavirus.

Yangi qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Moskvadan 50 km masofada joylashgan bo‘lib, 500 ta o‘ringa ega. Shundan 250 tasi reanimatsion uskunalar va sun’iy nafas olish tizimi bilan jihozlangan. Shifoxona juda qisqa muddat ichida qurib bitkazilmoqda. Bu yerga COVID-19 bilan kasallanganlarni olib kelish boshlangan. 

В ходе посещения больницы в московском посёлке Kommunarka, предназначенной для пациентов с подозрением на koronavirus.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 495 kishiga yetgan. Shundan 300dan ortig‘i Moskvada qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin koronavirus

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing