Yadroviy apokalipsis yaqinlashmoqda – Medvedev
Olam
−
24 mart 2023
14843Necha kundirki, Rossiya siyosatchilarining yadroviy mojaro bilan bog‘liq bayonotlari tinmayapti. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning katta yadroviy to‘qnashuv tobora yaqinlashib borayotgani haqidagi chiqishidan so‘ng, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ham shu mavzuga to‘xtaldi.
Medvedev intervyu berar ekan, o‘z nutqida “Apokalipsis otliqlari allaqachon yo‘lga chiqqanini” aytib o‘tdi.
“Ukrainaga chet el qurollari yetkazib berilgan har bir kun, oxir-oqibat, xuddi shu yadroviy apokalipsisni yaqinlashtirmoqda. Bu sodir bo‘ladi degani emas va men bu haqda allaqachon gapirganman. Ammo Apokalipsis otliqlari allaqachon yo‘lda va o‘z harakatlarini davom ettirmoqda. Siz xotirjam bo‘lishingiz mumkin”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Medvedev agar Berlin Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni hibsga olsa, Rossiyaning barcha raketalarini Germaniyaga uchirish bilan tahdid qilgan edi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr