Sergey Shoyguga qabristondagi suiqasdning oldi olindi

Olam

image

Moskvadagi Troyekurovskiy qabristonida Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguga suiqasd urinishi bartaraf etildi. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” manbaga tayanib xabar berdi.

Federal xavfsizlik xizmati 14 noyabr kuni Troyekurovskiy qabristonida rossiyalik yuqori martabali amaldorga suiqasdning oldi olingani haqida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, suiqasd Ukrainaning ko‘rsatmasi bilan u yaqin qarindoshlari dafn etilgan joyga borganida uyushtirilishi rejalashtirilgan edi. Rasmiy bayonotda Shoyguning ismi qayd etilmagan.

Tergov doirasida bir necha kishi hibsga olindi, ular orasida er-xotin ham bor. Er-xotin tergovga bergan ko‘rsatmalarida ular bu ishni internetda tanishgan Ruslan ismli shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha olib borganini aytgan. Ular qabristonga borib, qabrlardan birining yoniga guldon qo‘yib ketishi kerak bo‘lgan. Uning ichida kamera va gumonlanuvchilardan biri aytganidek, portlovchi qurilma ham bo‘lgan. Ularga topshiriqni bajargani uchun mukofot sifatida metadon va’da qilingan. Er-xotin uyga ketayotganda qo‘lga olingan.

Sergey Shoyguning otasi va onasi Kujuget Sergeyevich va Aleksandra Yakovlevna Troyekurovskiy qabristonida dafn etilgan. Bu qabristonda 2021 yilda vafot etgan Xavfsizlik kengashi kotibining singlisi Larisa Shoygu ham dafn etilgan. Qabriston xodimining aytishicha, bomba zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassislar ishlatayotgan maxsus qurilma to‘g‘ridan to‘g‘ri Shoyguning ota-onasi dafn etilgan joyga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya ikkita terrorchilik hujumi orqali muvaqqat prezident Ahmad ash-Sharani o‘ldirishga urinish bo‘yicha “Islom davlati” (ISHID) guruhi rejalarini fosh etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xavfsizlik kengashi Sergey Shoygu Troekurovskiy qabristoni suiqasd ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing