Toshkentda propiska “yopilayotgani” rostmi? IIBB izoh berdi

Jamiyat

image
Propiska islohoti: Kimlar uchun nimalar o‘zgardi? north_east

Propiska islohoti: Kimlar uchun nimalar o‘zgardi?

Fuqarolar orasida go‘yoki Toshkent shahrida propiska “yopilayotgani” haqida xabar tarqamoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur xabarlarga munosabat bildirib, ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, hamda uning tuman bo‘linmalari belgilangan tartibda fuqarolarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini olib borishmoqda.

“Agar sizda ushbu masala bo‘yicha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB MvaFRBga 71-230-38-16 telefoni orqali yoki bevosita tuman MvaFR bo‘linmalaridan biriga murojaat qilib, fuqarolarni ro‘yxatga olish belgilangan tartibda olib borilayotganligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Sizdan vahimaga tushmaslikni va ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan har qanday xabarga ham ishonib ketmaslikni so‘raymiz. Ko‘pchilikning maqsadi – keng muhokamaga sabab bo‘lib layk to‘plashdir. Oqibatlar haqida esa, afsuski, hamma ham o‘ylab ko‘rmaydi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni propiska tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart (hozir 10 kun muddatda).

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing