YHQni buzgan va jarima to‘lamagan haydovchilar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida YHXB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi vakillari bilan hamkorlikda YHQni buzib, jarimani belgilangan muddatda to‘lamagan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshladi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq (“Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi”), yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi ushlab turiladi. 

Transport vositasi jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi. Bu haqda  jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yozma ko‘rsatma beradi.

Shuningdek ma’lum qilinishicha, Toshkent hududida qarzdorlarni avtomatik tarzda aniqlovchi 20 ta “Avtokon” komplekslari ishlamoqda. Shu bilan birga, shaharga kirish/chiqish YPX postlarida ham shunday komplekslar o‘rnatilgan. 

“Shu munosabat bilan YHQ buzilganlik uchun solingan jarimani o‘z vaqtida to‘lashni so‘raymiz. Chunki vaqtida to‘lanmagan jarimangiz bo‘lsa va siz oilangiz bilan shahar tashqarisiga dam olish uchun ketayotgan bo‘lsangiz, sizni to‘xtatib, avtomobilingizni jarima maydonchasiga joylashtirishadi. YHQni buzganlik uchun jarimani o‘z vaqtida to‘lash tushunmovchilik va kayfiyat buzilishini oldini oladi”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi jarima

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing