XVI asrga oid masjid buzib tashlandi (video)

Olam

image

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida XVI asrga oid tarixiy masjid mahalliy yo‘lni kengaytirish maqsadida buzib tashlandi. Bu haqda “Ruetir” nashri xabar berdi.

Jamoat ishlari xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joriy yilning 14 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Hukumat tomonidan buzilgan inshoot  “Shohi masjidi” deb nomlangan musulmonlar ziyoratgohi bo‘lgan. 

Binoning vayron qilingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mahalliy tuman va shtat hukumatining bu harakatlarini qoralagan.

Masjid imomi Bobul Husaynning aytishicha, jarayon quyi sudda ko‘rilayotgan edi. Ammo ish ko‘rib chiqilgunga qadar bino buzib tashlangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston masjid Uttar-Pradesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing