Metro kassasi oldida to‘plangan odamlar bo‘yicha izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliten kassasi oldida ko‘plab odamlar yig‘ilib qolgani aks etgan rasm tarqaldi.

“Toshkent metropoliteni” UK matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, bu joriy yil 12 oktyabr kuni “Beruniy” bekati kassalarida yo‘lovchilar oqimi ko‘payib ketishin natijasida kuzatilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunga yo‘l haqining elektron tizimga o‘tkazish ishlari olib borilayotganligi hamda shu kuni Toshkent davlat texnika universitetida talabalarning nazorat yig‘ini tashkil etilganligi sabab bo‘lgan. 

Ushbu muammoni hal qilish uchun darhol ikkinchi kassa ochilgan. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun poytaxt metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha liniyalarida jetondan foydalanish muomaladan chiqariladi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish ehtiyojlari sababli, metropolitenning qator bekatlari vestibyullari noma’lum muddatga yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing