TikTok AQSH Hukumatini sudga berdi
Olam
−
26 avgust 2020
6492TikTok xo‘jayini Xitoyning ByteDance kompaniyasi AQSH Prezidenti administratsiyasini sudga berdi. Kompaniya Prezident Donald Trampning mamlakatda TikTok`ni taqiqlash to‘g‘risidagi qarori borasida da’vo bilan chiqqan. Bu haqda “The Bell” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya TikTok masalasida AQSH Hukumati bilan jiddiy bahslarga ham tayyor. Kompaniya TikTok jamoasi huquqlarini himoya qilish niyatida.
“Biz administratsiyaning TikTok milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqidagi fikrlariga qo‘shilmaymiz avvalroq bu mavzuda e’tiroz bildirgandik. Harakat qilish vaqti keldi”, deyiladi bayonotda.
TikTok rahbariyati AQSH Hukumati kompaniyaga qo‘ygan talablarni qabul qilishga rozi bo‘lganiga qaramay taqiq qo‘yilayotganidan hayratda. Vaholanki, ular bu talablarni dastlab qabul qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 6 avgust kuni mamlakatda TikTok faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini imzolagandi. Qaror 45 kundan so‘ng kuchga kirishi belgilangan. Bu vaqt ichida kompaniya o‘z ulushini amerika kompaniyasiga sotishga ulgursa, dastur faoliyati davom ettiriladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr