Xoliqjon vaynes qamaldi

3-sahifa

image

Internetda Xoliqjon vines nomi bilan tanilgan vayner Xoliqjon Samadov 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Vaynerning jazolanishiga u tomonidan suratga olingan video sabab bo‘lgan. Videolavhada bloger o‘z boshqaruvidagi Nexia avtomashinasini 2 nafar lavha qahramonining ustiga tikka haydab borganini va yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazganini ko‘rish mumkin. Keyinchalik video Buxoro shahrining Namozgoh ko‘chasida suratga olingani aniqlanadi.

Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, transport vositasidagi haydovchining va avtomashina egasining shaxsiga aniqlik kiritildi. Avtomashina esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Vayner va uning 4 nafar sherigiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, ish jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudida mazmunan ko‘rib chiqildi.

Mazkur holatda ishtirok etgan 4 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, ushbu holatning asoschisi bo‘lgan Xoliqjon Samadov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi, 128-moddasi prim-5 2-qismi, 147-moddasi hamda 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 34-modda qo‘llagan holda unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Instagram'da faoliyat olib boruvchi bloger sevgan yigiti bilan tortishayotgan qizni musht urib yiqitgani aks etgan videosi uchun javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing