xAI Twitter foydalanuvchilarining tvitlaridan foydalanadi

Texnologiya

image

Ilon Mask o‘zining yangi xAI kompaniyasi sun’iy intellekt modellarini shakllantirish uchun Twitter obunachilarining tvitlaridan foydalanishini aytdi. Bu haqda “Reuters” nashri ma’lum qildi.

90 daqiqa davom etgan Twitter Spases audio suhbatida Ilon Mask birinchi marta Yer evolyutsiyasi va sivilizatsiyaning mo‘rtligi kabi mavzularni o‘rganib, xAI bo‘yicha o‘z qarashlarini muhokama qildi.

Ko‘proq foydalanuvchilarga chatni targ‘ib qilish uchun boshlangan Spases sessiyasida Mask xAI o‘zining boshqa kompaniyalari Twitter va Tesla (TCLA.O) bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytdi.

Kompaniya o‘zining sun’iy intellekt modellarini shakllantirish uchun ommaviy tvitlardan foydalanadi, shuningdek, Tesla bilan sun’iy intellekt dasturiy ta’minotida ishlashi mumkin.

“Bunday munosabatlar o‘zaro manfaatli bo‘ladi va Tesla’ning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatidagi ishini tezlashtirishi mumkin”, dedi Mask.

Shuningdek, u barcha sun’iy intellekt kompaniyalarini o‘z modellarini shakllantirishda Twitter ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 12 iyul kuni ChatGPT’ga qarshi tura oladigan, sun’iy intelekt (SI)ga asoslangan yangi kompaniya tashkil etganini e’lon qilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Twitter sun'iy intellekt xAI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing