X endi ish topib beradi
Texnologiya
−
02 Sentabr 2023
7663X o‘zining maxfiylik siyosatini yangilashda o‘z foydalanuvchilari haqida biometrik va ish tajribasi haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ularning foto suratlarini to‘playdi. So‘ng ushbu ma’lumotlarni ish tavsiya qilishda ishlatadi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
X Premium obuna xizmatiga ro‘yxatdan o‘tgan odamlar tasdiqlash uchun selfi va foto identifikatorini taqdim etadi. Bunda suratlar saqlab qolinadi. Platformaga kiritilgan bandlik va ta’lim tarixi esa foydalanuvchiga ish takliflarini kiritishda yoki kompaniyalarga ish uchun ariza topshirishda foydalaniladi.
Xabarlarga ko‘ra, Mask may oyida “X Corp Lascie” deb nomlangan texnologik ishga olish xizmatini sotib oldi. Shu sababli ham kompaniya tez orada ishga yollash xizmatini taklif etishni rejalashtirmoqda.
“Biz foydalanuvchi ish uchun ariza bergan taqdirda ish beruvchilarga potensial nomzodlarni topish, obunachilarga esa potensial ishlarni tavsiya qilish uchun ularning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plashimiz va foydalanishimiz mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.
Ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra bunday imkoniyat faqat Premium ta’rifi foydalanuvchilariga taqdim etiladi va shaxsiy ma’lumotlarni ulashish faqatgina ularning roziligi bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan ham bu harakat shaxsiy daxlsizlik nuqtai nazaridan ham qonuniydir.
Yangi maxfiylik siyosati 29 sentyabrdan kuchga kirishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mask tez kunda X kompaniyasi foydalanuvchilariga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirishini ma’lum qildi.
LiveBarchasi